Mutaxassislar: Kunduzgi uyqu - foydali

  • 17:31 / 01.09.2019
  • 693

Kunduz kuni uxlash organizm uchun juda foydali. Bu mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan bir qator tajriba natijalari asosida tasdiqlandi.

Kunduzgi uyqu, agar u tungi uyquga zarar keltirmasa, har tomonlama foydali. Biroq bunday uyqu uzoq davom etishi kerak emasligi ta’kidlandi.

Kunduzi koʻrilgan tushda tushlikka qadar bajarilgan mashgʻulot, dars va maʼlumotlar aks etadi hamda xotirda yanada mustahkamlanadi. Shuning uchun bogʻcha bolalariga va maktablarda oʻquvchilariga turli vazifa va koʻnikmalarni tushlikdan oldin berish tavsiya etiladi.

Ertalab va tushlikgacha bo‘lgan vaqtda miyamizning o'ng yarim shari faolroq ishlashi ma’lum bo‘ldi. Ushbu yarim shar uzoq muddatli xotiraga ega.

Bundan tashqari, kunduzi mizgʻib olgan inson kunning ikkinchi yarimida kamroq bezovta va koʻproq faol boʻlishi kuzatilgan. Shuningdek, bunday insonlarda ish qobiliyati rivojlanib, kuch va gʻayrat yanada ortgan.

Shifokorlarning aytishicha, kunduzgi uyqu yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Shunday bo‘lsada, ularning soʻzlariga koʻra, kunduzgi uyqu 40 daqiqadan oshmasligi lozim. Uzoq vaqt uxlash insonni kun boʻyi lanj va bezovtalanib yurishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Mutaxassislar kunduzgi mizgʻib olishni inson faoliyatini faol tarzda davom ettirishi uchun quvvatlanish deb atashdi.