Muzqaymoq, chips, bodroq: aslida foydali bo‘lgan 6 ta “zararli” mahsulot

  • 10:15 / 08.11.2019
  • 51

So‘nggi paytlarda internetda tezkor pishiriladigan ovqatlar, gazli ichimliklar va shirinliklarni inson salomatligi uchun zararli degan qarashlar keng tarqalmoqda. Haqiqatdan ham shundaymi? “Zararli” oziq-ovqat tanaga foydali bo‘lishi mumkinmi?

Makkajo‘xori chipslari

Makkajo‘xori chipslari kartoshka chipslari kabi zararli deb hisoblanmaydi va buning sabablari bor. Gap shundaki, ushbu mahsulot ko‘plab foydali moddalar, xususan, A va E vitaminlari, temir va kalsiyni o‘z ichiga oladi. Biroq, bu juda yuqori kaloriyali mahsulot, shuning uchun kamroq iste’mol qilgan ma’qul.

Muzqaymoq

Yozda organizm sovuq narsa talab qilganligi bois, ko‘pchilikning tanlovi, albatta, muzqaymoqqa to‘g‘ri keladi. Ammo bu shirinlikni yeyishni taqiqlaydiganlar ham bor. Aslida ularning fikri mutlaqo noto‘g‘ri.

Muzqaymoq tarkibida B, C vitaminlari, oqsil, kalsiy va organizm uchun foydali bo‘lgan boshqa oziq moddalar mavjud. Uni bemalol iste’mol qilishingiz mumkin. Chunki, undagi kaloriyalarni sanab chiqsangiz, sog‘lik uchun xavf haqida xavotirlanmaysiz. Tabiiyki, siz minimal miqdordagi qo‘shimchalar bilan tayyorlangan muzqaymoqni tanlashingiz kerak. Undan ham yaxshirog‘i – uni o‘zingiz tayyorlang.

Makkajo‘xori bodroqlari

Makkajo‘xori bodroqlari nafaqat har bir film tomoshabinining ajralmas “hamrohi”, balki juda foydali shirinlikdir. Uning tarkibida ko‘p miqdorda kletchatka (tolali mahsulot moddalari), ko‘plab vitaminlar va minerallar, antioksidant xususiyatlarga ega kimyoviy birikma – polifenol mavjud.

Bodroqning asosiy zarari makkajo‘xori donlarining o‘zida emas, balki unga qo‘shilgan bo‘yoqlar va lazzat kuchaytirgichlarda. Shuning uchun, agar siz sog‘ligingizga jiddiy e’tiborda bo‘lsangiz, quritilgan makkajo‘xori donini sotib oling va o‘zingiz bodroq tayyorlang.

Tezkor lag‘mon

Tez tayyorlanadigan lag‘mon, ehtimol, sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari doimo chetlab o‘tadigan eng zararli mahsulot hisoblanadi. Ammo hamma tezkor ovqatlar ham shunchalik xavflimi?

Bunday mahsulotlarni iste’mol qilishda zararni kamaytirish uchun ularni ko‘p miqdorda ziravorlar bilan to‘ldirish mumkin emas. Ularning aynan shunday tayyorlanishi organizm uchun xavfli bo‘lgan natriy glutamat va boshqa oziq-ovqat qo‘shimchalarini o‘z ichiga oladi.

Achchiq shokolad

Sir emas, parhez davomida iste’mol qilingan achchiq shokolad eng yaxshi alternativlardan biri hisoblanadi. Birinchidan, ushbu mahsulot tarkibida shakar ko‘p emas, ayniqsa oq yoki sutli shokolad bilan taqqoslaganda. Ikkinchidan, uning tarkibida ko‘p miqdorda tolali moddalar va oqsillar mavjud. Uchinchidan, achchiq shokolad juda boy ta’mga ega, shuning uchun uni ko‘p miqdorda yeyish juda qiyin.

Marmelad

Marmelad juda oddiy tarkibga ega bo‘lib, qo‘shimcha ingrediyentlar va qo‘shimchalar yo‘q. Pektin, jelatin yoki agar-agar – marmeladning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, barchasi organizm uchun foydali. Chunki ular tarkibida ko‘p miqdorda kalsiy, natriy, temir, fosfor, magniy va kaliy mavjud.

Marmelad boshqa har qanday shirinlik kabi – parhez shirinligi, deb hisoblanishiga qaramay, siz uni juda ko‘p miqdorda iste’mol qilmasligingiz kerak.

Teglar