Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi

  • 14:09 / 06.03.2020
  • 100

Bugun, 6-mart kuni Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Umar Ismoilov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, shu paytgacha “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lib ishlab kelgan Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Olimjon Isayev 1972-yili Namanganda tug‘ilgan. Olimjon Isayev Toshkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan. 2018-yil may oyidan beri “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga raislik qilib kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahrining sobiq hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kecha, 5-mart kuni  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlanganligi xaqida xabar bergan edik