Namangan viloyati mahalliy byudjetdagi mablag‘ qoldig‘ini ma’lum qildi 

  • 10:28 / 15.01.2020
  • 52

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Joriy yilning yanvar oyida Namangan viloyati mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlarining 2019-yil dekabr oyi ikkinchi yarmida ish haqi 69,7 mlrd. so‘mni hamda yagona ijtimoiy to‘lov 24,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Viloyat hokimligining bergan xabariga ko‘ra, 2020-yil 4-8-yanvar kunlari holatiga jami moliyalashtirish manbasi 142 mlrd. 934 mln. so‘mni, shundan mahalliy byudjet hisobraqamidagi qoldiq 54 mlrd. 764,1 mln. so‘mni tashkil qilmoqda. 

4-8-yanvar kunlari amalda tushum 37 mlrd. 365 mln. so‘mni, respublika byudjetidan ajratilgan byudjetlararo transfert 50 mlrd. 535 mln. so‘mni tashkil etdi.

Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari xodimlarining dekabr oyi ikkinchi yarmi ish haqi xarajatlari va yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari 2020-yil 9-yanvar kuniga to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlanganligi haqida ma’lum qilinadi.