Namanganda 212 nafar fuqaroning karantin muddati tugab, uylariga qaytishdi

  • 14:39 / 31.03.2020
  • 145

Erondan olib kelingan 37 nafar va Latviya davlatidan qaytgan 175 nafar fuqaro Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Kosonsoy” sihatgohida karantin kuzatuviga olingan edilar. Bugun, 31-mart kuni ushbu fuqarolarning karantin muddati tugagani sabab, o‘z yashash uylariga jo‘nab ketishdi. Bu haqida Namangan viloyat hokimligi xabar berdi.

Janubiy Koreya davlatidan O‘zbekistonga olib kelinganlar xuddi shu tartibda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chotqol” sihatgohida karantinda bo‘lishdi. Ular orasida namanganlik fuqarolar ham bo‘lgan. Bugun ular ham viloyatga qaytib kelishdi.


Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent viloyatidagi “Chotqol” sanatoriysida 212 nafar fuqaroning 14 kunlik karantin muddati tugab o‘z uylariga ruxsat berilganligi haqida xabar bergan edik.