Namanganda 2500 ish o‘rinli korxona quriladi

  • 10:41 / 26.12.2019
  • 82

25-dekabr kuni “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida Xitoy investitsiyalari bilan tashkil etilgan “UFA Garments” MCHJ xorijiy korxonasining tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Bundan bir yil avval ishga tushirilgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining hududi bugun 670 gektardan ortganini, bugungi yangi korxona bilan birga hisoblaganda umumiy qiymati 550 million AQSH dollaridan ortiq 15 ta yirik loyiha amalga oshirilayotganini qayd etdi.

10 gektarlik maydonda barpo etilayotgan ushbu korxona erkaklar ustki kiyimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu fabrikaning ishga tushirilishi natijasida 25 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 2020-yil 4-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan va umumiy qiymati 11 million dollarni tashkil etadigan ushbu korxonada yillik 2 ming tonna tayyor kiyim ishlab chiqariladi.
 
To‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoy investitsiyalari bilan tashkil etiladigan ushbu korxona mahsulotlarining 70 foizi Rossiya va Yevropa bozoriga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.