Namanganda fuqaro o‘gay o‘g‘li tomonidan pichoqlandi

  • 10:26 / 20.09.2021
  • 138

Namanganda fuqaro o‘gay o‘g‘li tomonidan pichoqlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2021-yil 15-sentabr kuni soat 00:30 larda, Chust tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro sharʼiy nikohida bo‘lgan, Chust tumanida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan ayol bilan uning yashash uyida o‘zaro janjallashib qolgan.

Bu vaziyatdan ayol bilan birga yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan o‘g‘lining jahli chiqib, oshxonada bo‘lgan oshpichoqni olib chiqib, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroning qorin qismi o‘ng tomoniga bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 15-sentyabrʼ kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.