Namanganda Hugo Boss kiyim-kechaklari ishlab chiqariladi

  • 09:51 / 11.11.2019
  • 93

Foto: Namangan shahar hokimligi

Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 7-noyabr kuni Germaniyaning Hugo Boss kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Xorij kompaniyasi vakillari Konstantin Soyer hamda Semih Demir viloyat hokimi bilan bo‘lgan uchrashuvda Namangan shahridagi tekstil korxonasi bilan hamkorlikda ushbu brend mahsulotlarini Namanganda tayyorlash bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.

“Hugo Boss kompaniyasi avval Namanganni, Namangan orqali esa O‘zbekistonni taniydi…”, dedi Semih Demir.

Xayrullo Bozorov birgina Namangan shahrining o‘zidan paxta-to‘qimachilik sohasidagi layoqati haqida  ma’lumot berdi. 

“Hugo Boss kabi mashhur brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz Namangan tekstil sanoatini yangi bosqichga olib chiqadi. Hozirda charm-teri mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida ham xorijning taniqli brendlari bilan aloqalar o‘rnatilmoqda”, dedi Xayrullo Bozorov.

Kompaniya vakillari bugungi kunda Namangandagi “Lyuks plyus servis” (Vakkoni brendi) MChJ bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, biroq bo‘lajak ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha yer maydoni masalasida ko‘mak kerakligini bildirdi. Viloyat hokimi bu masala, albatta, yechim topishini ta’kidladi.