Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalingan 5 nafar bemor sog‘aydi

  • 11:52 / 15.05.2020
  • 47

Bugun, 15-may kuni Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (2 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Uychi tumanidan, 1 nafari esa Namangan tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 202 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular soni 207 nafarga yetdi.

Hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2141 nafarga yetdi.