Namanganda Neksiya bilan avtobus to‘qnashdi. Qurbon bor

  • 10:23 / 15.01.2020
  • 356

14-yanvar kuni soat 08:20 larda Namangan viloyati Uychi tumanida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar qildi.

Neksiya qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Olmurut mahallasi hududidan o‘tgan “Namangan – Uychi – Uchqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan M.N ishonch qog‘ozi bilan shu tumanda yashovchi 1946-yilda tug‘ilgan M.M.ga tegishli Neksiya rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Avtobusda 30 kishi bo‘lgan

Natijada qarshisidan harakatlanib kelayotgan Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan M.A boshqaruvidagi Namangan – Uchqo‘rg‘on yo‘nalishida qatnovchi, salonida 30 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Isuzi avtobusi bilan to‘qnashgan.

Neksiya yo‘lovchisi halok bo‘ldi

YTHda Neksiya avtomobili yo‘lovchisi Uchqo‘rg‘on shahrida yashagan, 1960-yilda tug‘ilgan A.M. voqea joyida halok bo‘lgan.
Haydovchi N.M. hamda Uchqo‘rg‘on shahrida yashovchi yo‘lovchilar, 1985-yilda tug‘ilgan A.L. va 1981-yilda tug‘ilgan X.X.lar olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Avtobus yo‘lovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan

Shuningdek, “Isuzi” avtobusining 11 nafar yo‘lovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.