Namanganda YTH oqibatida 4 yoshli qizcha vafot etdi

  • 17:39 / 25.07.2021
  • 180

Namangan viloyatida ikkita Damas’ning to‘qnashib ketishi oqibatida 4 yoshli qizcha vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 23-iyul kuni soat 09:30 larda Xazratishox-Chortoq yo‘lining 12 km.da Bodomzor MFY hududida Chortoq tumanida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmaydi. Oqibatda qarshisidan harakatlanib kelayotgan shu tumanda yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Natijada, yo‘lovchilar Chortoq tumanida yashovchi 1953-yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, shu avtomashinada bo‘lgan Chortoq tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan 2017-yilda tug‘ilgan qiz tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 23-iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Teglar