Namanganda YTH oqibatida 40 yoshli fuqaro vafot etdi

  • 21:31 / 14.09.2021
  • 120

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 40 yoshli fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11-sentabr kuni soat 06:30 larda Pungon-Namangan yo‘lining 59 kilometrida Tepa Naymancha MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.

Natijada, avtomashanida bo‘lgan yo‘lovchi, Chust tumanida yashagan, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, avtomashina haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, bosh miyani ezilgan jarohati tashxisi bilan va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Chust tumanida yashovchi, 1958-yilda tug‘ilgan fuqaro chap o‘mrov suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-kismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.