Namanganda YTH oqibatida 67 yoshli fuqaro va uning 2 yashar nabirasi vafot etdi

  • 18:41 / 18.09.2021
  • 119

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 67 yoshli fuqaro va uning 2 yashar nabirasi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14-sentabr kuni soat 19:15 larda Pungon-Namangan yo‘lining 69 kilometrida Sharq MFY hududida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmaydi. Oqibatda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan 1954-yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 2019-yilda tug‘ilgan nabirasini urib yuborgan.

Ushbu hodisa natijasida, piyodalar olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etganlar.

Mazkur holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 14-sentabr kuni jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaroni jinoyat kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.