Namanganda YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

  • 15:42 / 19.09.2021
  • 164

Namangan viloyatida YTH oqibatida Lasetti haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17-sentabr kuni soat 02:30 larda Toshkent–O‘sh yo‘lining 286-kilometrida Pop tumani Sohibkor MFY hududida, Farg‘ona viloyatida yashagan 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini ikkinchi darajali yo‘lda boshqarib borayotib, yo‘lni chorraha qismida asosiy yo‘lga chiqadi. Shu payt asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan Farg‘ona viloyatida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomashinasini o‘tkazib yubormasdan harakatlanganligi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan.

Hodisa natijasida Lasetti rusumli avtomashina haydovchisi olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida yo‘lda vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 17-sentabr kuni jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.