Namanganning ayrim hududlarida uch kun davomida “svet” o‘chiriladi 

  • 14:15 / 13.01.2020
  • 256

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning xabariga ko‘ra, yillik elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta’mirlash rejasiga asosan viloyatning ayrim hududlarida 3 kun elektr energiyasi uzilishi kuzatiladi.

Xabarda qayd etilishicha, bunga sabab iste’molchilarga kuz-qish mavsumida elektr energiyasini rejim bo‘yicha yetkazib berilishini ta’minlash va elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish.

13-yanvar, dushanba:
- Namangan shahridagi 110/6 kVli “Oydinko‘l” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Namangan shaxrining “Gulpora”, “Sharshara”, “Sumalak”, “Madaniy”, “Madaniy-Maorif” va “Yangi qurilish” MFYlari hududlarida;

- Uychi tumanidagi 110/35/10 kVli “Oxunboboyev” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Uychi  tumanining “Keskanyor”, “Yangi Hayot”, “Birlashgan”, “Qashqar”, “Ezgulik”, “Qahramon”, “Mustaqillik” va “Xizrobod” MFYlar hududlarida;

- Uchqo‘rg‘on tumanidagi 35/6 kVli “Soxil” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Uchqo‘rg‘on tumanining “Ko‘prikboshi”, “Farg‘ona”, “Madaniyat”, “Turkiston” va “O‘rdabog‘” MFYlar hududlarida;

- Pop tumanidagi 35/10 kVli “Pungon” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Pop tumanining “Sohibkor” va “Navro‘z” MFYlar hududlarida;

14-yanvar, seshanba:

- Pop tumanidagi 110/35/10 kVli “Pop” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Pop tumanining “Xo‘jaobod”, “Orom”, “Yangito‘da” va “Obihayot” MFYlar hududlarida;

- Uchqo‘rg‘on tumanidagi 35/6 kVli “Soxil” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Uchqo‘rg‘on tumanining “Ko‘prikboshi”, “Farg‘ona”, “Madaniyat”, “Turkiston” va “O‘rdabog‘” MFYlar hududlarida;

- Kosonsoy tumanidagi 110/35/10 kVli “Gurmiron” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Kosonsoy tumanining “Xonqo‘rg‘on”, “Chak”, “Buloqboshi”, “Bog‘”, “Soybo‘yi”, “Guzar” va “Ravot” MFYlar hududlarida;

15 yanvar, chorshanba:

- Namangan shahridagi 110/6 kVli “Axsikent” va 110/10 kVli “Oromgoh” nimstansiyalarida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Namangan shahrining “Mashrab”, “Furqat”, “Oromgoh”, “Tinchlik”, “Mehnatobod”, “Yoshlik” va “Mustaqillikning 5 yilligi” MFYlari hududlarida;

- Uchqo‘rg‘on tumanidagi 35/6 kVli “Soxil” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Uchqo‘rg‘on tumanining “Ko‘prikboshi” va “Sanoat” MFY hududlarida;

- Namangan tumanidagi 110/35/10 kVli “Toshbuloq” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Namangan tumanining “Qoratepa”, “Nurtepa”, “Past Qiyot”, “Ibrat”, “Xo‘jaqishloq”, “Kichik Qurama”, “Mullakuding”, “Mirishkor”, “Farovon”, “Chorbog‘” va “Katta Toshbuloq” MFYlar hududlarida;

- Kosonsoy tumanidagi 35 kVli “Sigma” havo elektr uzatish tarmog‘ida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Kosonsoy tumanining “Xonqo‘rg‘on”, “Chak”, “Buloqboshi”, “Bog‘”, “Soybo‘yi”, “Guzar” va “Ravot” MFYlar hududlarida.