Na'matak damlamasi: foydasi va iste'mol qilish me'yori

  • 07:40 / 21.03.2019
  • 8807

Tabiiy mahsulot organizmga foyda keltirishi uchun uni to‘g‘ri tayyorlash va iste'mol qilishni bilish kerak. Bugun na'matakning foydasi va boshqa xususiyatlari haqida gapirib beramiz.

Rezavor meva

Ko‘pincha iste'molda aynan mevalaridan foydalanishadi. Aslida o‘simlikning barcha qismlari foydali. Quruq mevalarni do‘kondan topishingiz yoki o‘zingiz mustaqil tarzda terishingiz mumkin.

Mahsulotga foydani to‘yingan vitaminlar tarkibi beradi. Bu S, R, RR vitaminlaridir. Shuningdek, V guruhi vitaminlari ham. Mikroelementlar: kaliy, natriy, temir, magniy. Meva tarkibida teri oshlovchi moddalar va peptidlar bor.

Na'matak tarkibida S vitamini ko‘p. U limon tarkibidagi vitamin miqdoriga qaraganda o‘nlab marta ko‘proq.

Mahsulotning quvvatliligi ancha kam – 100 gr mahsulotga 50 kkal (sof holatida).

Qaynatmaning quvvati esa 13 kkal ga teng. Bu esa qaynatmani parhez vaqtida ham iste'mol qilish imkonini beradi. Biroq faqat kaloriyalarni olmaslik uchun shakar qo‘shmaslik kerak.

Foydasi

  • Na'matak qaynatmasini qo‘rqmasdan fitovosita deb atash mumkin. To‘g‘ri tayyorlangan ichimlikni ichish vitaminlar manbaiga aylanib, organizm immun tizimini mustahkamlaydi. Quvvat kamayganida va avitaminoz vaqtida yordam beradi.
  • Qaynatma qon-tomir tizimiga to‘g‘ri ishlashda qo‘l keladi. Temir qon hosil qilish jarayonlarida faol ishtirok etadi.
  • Arterial bosimni tushiradi.
  • Na'matakni istemol qilish tanosil kasalliklari uchun foydali. Qaynatma mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Qovuq yallig‘lanishining oldini oladi.
  • Yallig‘lanish ta'siriga ega bo‘lgani uchun og‘izni chayqash uchun ham foydali. U og‘izdagi mayda yaralarni davolab, milklardagi yallig‘lanishni oladi.
  • Shishishni bartaraf etishda yordam beradi.
  • Homiladorlik davrida va ko‘krak bilan boqish vaqtida foydali. Laktatsiyani yaxshilash uchun ichimlikni qaynoq holida ichgan ma'qul.

Kunlik me'yori

4 yoshdan katta bolalar uchun – kuniga 1 stakan.

Kattalar – kuniga 2 stakan.

Teglar