NATO Ukraina armiyasini rivojlantirishga yordam beradi 

  • 16:14 / 07.04.2021
  • 55

NATO Ukraina armiyasini rivojlantirish va isloh qilishga yordam beradi. Bu haqida NATOning rasmiy vakili ma’lum qildi. 

Ukraina shu tariqa Yevroatlantika yo‘nalishi bo‘ylab yanada shiddat bilan harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
 
“Ukraina NATOning qimmatli va uzoq muddatli hamkori hisoblanadi, biz Ukrainadan ichki islohotlar, demokratik institutlarni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va o‘zining mudofaa potensialini NATO standartlariga mos ravishda rivojlantirishini kutamiz”, deyiladi xabarda. 

Rasmiy vakil NATO Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashi, Qrimning Rossiya tarkibiga kirganni tan olmasligi haqida alohida ta’kidlagan.