Navbat Namangan viloyatiga! To‘raqo‘rg‘onga ham yangi hokim keldi

  • 18:24 / 04.03.2020
  • 206

Foto: xabardor.uz

Bugun, 4-mart kuni xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda viloyat hokimi, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Namangan 24 axborot xizmati xizmati xabar berdi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev o‘z lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Zulayho Mahkamova tumani hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Zulayho Mahkamova 2018-yilning aprel oyidan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Namangan viloyati hokimining qaroriga binoan 2020-yil 4-mart kunidan e’tiboran To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, Bugun Qashqadaryo va Andijon viloyatlariga ham ayol hokim tayinlanganligi haqida xabar bergan edik.