Nega Nyu-Yorkni “Katta olma” deyishadi?

  • 14:08 / 08.11.2019
  • 404

Foto: depositphotos.com

Amerikadagi Los-Anjelesni farishtalar shahri, Chikagoni shamollar maskani deb atalishini eshitgansiz. Ehtimol, borib ko‘rgandirsiz. Nyu-Yorkni nega “Katta olma” deb atashadi? Hech qiziqib ko‘rganmisiz?
 
“Rambler” bu savolga shunday javob beradi: – Bu mamlakatda o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida chavandozlar bellashuviga qo‘yiladigan mukofot “Olma” deb yuritilgan. Mashhur chavandozlar bu musobaqada ishtirok etishni va g‘olib bo‘lib, o‘sha “olma”ni qo‘lga kiritishni istashgan. New York Morning Telegraph jurnalistlari navbatdagi bellashuvga qo‘yilgan sovg‘aning kattaligiga ishora tarzida bu so‘zni “Katta olma” deya ta’riflashgan. Ana shundan keyin jaz musiqachilari ham shaharga nisbatan shu ta’rifni qo‘llashgan. Shu-shu Nyu-Yorkning ikkinchi nomi “Katta olma” bo‘lib qolgan. Hatto, xalq orasida “Qishloqda olma yo‘q, ammo bittagina Katta olma bor” degan gaplar yuradi. 

Teglar