Nega Toshkent shahri bemorlar soni ko‘pligiga qaramay, “sariq” hudud bo‘lib qolmoqda?

  • 15:30 / 10.06.2020
  • 545

Toshkent shahri nega bemorlar soni ko‘pligiga qaramay, “sariq” hudud bo‘lib qolayotganiga izoh berildi.
 
Bu haqda bugun, 10-iyun kuni AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda quyidagilar aytildi:
 
– Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik obyektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra:
 
jami 513 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 42 tasi – “qizil” hudud;
132 tasi – “sariq” hudud;
339 tasi – “yashil” hududga ajratilgan.
 
Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari  va harakatlariga taʼsir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart-aprel oylarida kunlik bemorlar soni hozirgidan kam bo‘lsa-da, qatʼiy karantin choralari qo‘llanilgandi.