Nepal g‘orlarining siri: odamlar 50 metr balandlikdagi g‘orlarga qanday kirishgan?

  • 14:48 / 28.11.2019
  • 982

Bugungi kunda Nepalning shimolidagi g‘aroyib g‘orlarga faqat maxsus uskunalar yordamida chiqish mumkin. Shunday ekan, qadimgi odamlar u yerdan qanday foydalanganini tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy tadqiqot usullariga qaramay, samoviy g‘orlar olimlarga sirlarini ochishga shoshilmayapti.

G‘orlar Mustang deb nomlangan tarixiy hududda, Gandak daryosi vodiysida joylashgan. Bu hudud XIV-XV asrlarda paydo bo‘lgan Mustang qirolligining bir qismi bo‘lgan. Ammo zamonaviy Nepalda bu qirollik endi hech qanday huquqiy maqomga ega emas va faqat Gandak vodiysi aholisining xotiralarida saqlanib qolgan.

Загадка Небесных пещер Непала: как люди попадали в гроты на высоте 50 метров

Hozirgi vaqtda u yerdan turli o‘lchamdagi 10 000 dan ortiq g‘orlar topilgan bo‘lib, ularning aksariyati 50 metrdan yuqori balandlikda joylashgan. Ushbu qadimiy g‘orlarga chiqishni istagan olimlar maxsus uskunalardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda, chunki ularsiz g‘orga yetib borishning imkoni yo‘q. G‘orga kirish joyi tik qoyada joylashgan, shuning uchun vodiyning qadimgi aholisi qanday qilib bu joylardan foydalangani mutlaqo tushunarsiz.

Загадка Небесных пещер Непала: как люди попадали в гроты на высоте 50 метров

Ushbu ajoyib g‘orlarni o‘rganish paytida, ichkaridan o‘nlab mo‘miyalangan jasadlar topilgan. Qoldiqlarning yoshi kamida 2 ming yilga borib taqaladi.

Загадка Небесных пещер Непала: как люди попадали в гроты на высоте 50 метров

G‘orlarning devorlarida Buddizm diniga oid turli xil tasvirlarni ko‘rish mumkin. Arxeologik tadqiqotlar davomida olimlar XII-XIV asrlarga oid qo‘lyozma, rasm, sopol buyumlar va haykallarni ham topishgan.

Загадка Небесных пещер Непала: как люди попадали в гроты на высоте 50 метров

Samoviy g‘orlarning vazifasi haqida gap ketganda, dastlab ular dafn marosimi xonalari sifatida ishlatilgan va ehtimol, shu maqsadda qoyatoshlarga qurilgan. Keyinchalik g‘orlarning vazifasi o‘zgargan, ya’ni X asrda u yerda odamlar yashagan. XIV-XV asrlarda Mustang qirolligining bayramlarida ibodat qiladigan va tadbirlarni o‘tkazadigan joy bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, muntazam ravishda bo‘lib turadigan harbiy harakatlar paytida harbiy baza va boshpana vazifasini ham o‘tagan. Ammo, dushmanlardan yashirinishni istagan buddistlar va Mustang qirolligining aholisi bu yerga chiqishni qanday amalga oshirgan? Bu savol hali ham ochiqligicha qolmoqda.

Загадка Небесных пещер Непала: как люди попадали в гроты на высоте 50 метров