Niderlandiya o‘zini Gollandiya deb atashni istamayapti

  • 11:15 / 06.10.2019
  • 646

Foto: Alamy Stock Photo

Niderlandiya hukumati Gollandiya nomidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Bunday qaror mamlakatning qiyofasini yangilashning bir qismi sifatida ko‘rsatildi. Rasmiylarning fikricha, Gollandiya nomi hammaga giyohvand moddalar va qizil fonusni eslatadi.

Ta’kidlanishicha, Niderlandiya o‘zini “global muammolarni hal qilish uchun ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiquvchilar” sifatida ko‘rsatmoqchi. Bundan tashqari, hukumat Amsterdamdan tashqari shaharlarning sayyohlik jozibadorligini oshirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, endi Niderlandiya nomi Tokiodagi olimpiadada va Yevrovidenie-2020 musiqiy tanlovida faol ishlatiladi.

Ma’lumot uchun, Niderlandiyani Rossiya imperatori Pyotr I u yerdan qaytgach yanglishib Gollandiya deb atay boshlagan. 

Teglar