Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi

  • 17:54 / 06.10.2019
  • 275

Foto: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI

Avvalroq Termizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bagʻishlangan XIV xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda. Mazkur turnirda jahonning besh qitʼasidagi 48ta davlatdan eng sara polvonlar gʻoliblik uchun bahs olib borayotgani haqida xabar qilgandik.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida Oʻzbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Konferensiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev nomzodi mamlakat kurash federatsiyasi raisligiga tavsiya qilindi.


Saylovda federatsiya raisligiga boshqa nomzod koʻrsatilmadi va natijada Nigʻmatilla Yoʻldoshev bir ovozdan Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi etib saylandi. 

Teglar