Nima uchun avokadoni tez-tez iste’mol qilib turish muhim?

  • 23:27 / 11.05.2019
  • 729

Shubhasiz, avokado – sayyoramizdagi eng foydali mevalardan biri. U - to‘yintiruvchi moddalar xazinasi. Bundan tashqari, meva shu darajada universalki, uni salatdan tortib, desertgacha qo‘shishingiz mumkin. Bir necha tadqiqot natijalari muntazam ravishda avokado iste’mol qilishning aql bovar qilmas afzalliklarini tasdiqladi.

Quyida ulardan 20 tasini jamladik.

  • Sog‘lom yog‘larning ko‘pligi.
  • Vazn kamayishiga hissa qo‘shadi

Avokado vaznni yo‘qotishga mo‘ljallangan har qanday parhezni yaxshi to‘ldiradi.

  • Qon bosimini nazorat qiladi

Avokado kaliyga boy. Shu yo‘l bilan natriyning organizmga ta’sirini kamaytiruvchi muhim mineral sanaladi. Amerika yurak assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kaliyning tabiiy manbai qon bosimini nazorat ostida ushlab turish uchun juda foydali.

  • Yurak qon-tomir kasalliklaridan tuzalishga hissa qo‘shadi. 

Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari maslahat berishadi: avokadoni taom tarkibida muntazam ravishda iste’mol qilish qondagi LPNP xolesterini darajasini ancha pasaytirib, yurak salomatligini yaxshilaydi.

  • Qondagi triglitseridlarni kamaytiradi.
  • Umumiy xolesterin darajasini kamaytiradi
  • LPNP xolesterini (salbiy xolesterin) darajasini kamaytiradi.
  • (Ijobiy) LPVP xolesterinni oshiradi.
  • Oziqlantiruvchi moddalarga boy

Avokado tarkibida keng turdagi to‘yintiruvchi moddalar, jumladan 20 dan ortiq mineral va vitaminlar bor.

  • Vitamin S — 33%.
  • Vitamin Ye — 21%.
  • Vitamin B6 — 26%.
  • Vitamin K — 53%.
  • Rux — 19%.
  • Foliy kislotasi — 41%.
  • Kaliy — 28%.
  • Pantoten kislotasi — 28%.
  • To‘yintiruvchi moddalar so‘rilishini yaxshilaydi.
  • Antioksidantlar o‘zlashtirilishini yaxshilaydi

Tarkibida sabzi, salat bargi va ismaloq bo‘lgan salatga avokadoning yarmini qo‘shish ushbu sabzavotlardagi antioksidantlarning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Boshqacha qilib aytganda, siz 8,3 marta ko‘proq alfa-karotin, 13,6 marta ko‘proq beta-karotin va 4,3 marta ko‘proq lyutein iste’mol qilasiz.

  • Qandli diabetdan himoya

Bu meva qondagi qand miqdorini qo‘llab-quvvatlash, qandli diabet rivojlanishi ehtimolini minimum ko‘rsatkichga tushirish uchun foydali.

  • Og‘riqsizlantirish

Avokado ekstrakti artrit (osteoartrit) belgilarini kamaytirish uchun foydali. 

  • Yallig‘lanishni kamaytiradi

Bir necha tadqiqotlar surunkali yallig‘lanish ko‘plab zamonaviy kasalliklar, xususan, allergiya, Alsgeymer kasalligi, astma, yurak va saraton kasalliklarining asosiy sababi sanalishini aniqlagan.

Avokadodagi olein kislotasi yallig‘lanishni kamaytirishda yordam beradi.

  • Ko‘zlar salomatligini yaxshilaydi

Ko‘zlar distrofiyasi AQShdagi ko‘zi ojizlikning asosiy sababi hisoblanadi.Zeaksantin va lyutein – avokado tarkibidagi ikki kuchli antioksidant bo‘lib, ana shu holat uchun favqulodda foydali deb topilgan. Aslida avokado mevalar orasida eng yaxshi lyutein manbai sanaladi.

  • Homiladorlar parhezi uchun samarali qo‘shimcha

B6 vitamini homila miyasining to‘qimasi va rivojlanishi uchun muhim. Bundan tashqari, foliy kislotasi homiladorlikning ilk bosqichlarida homilaning sog‘lom rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu ertalabki tobi yo‘qlik holatini ham kamaytiradi.

  • Saratondan himoya

Bir necha tadqiqotlar avokado saraton bilan kurashda yordam bera olishini tasdiqlagan. U kimyoterapiyasining salbiy ta’sirini ham kamaytiradi. 

  • Suyaklar sog‘ligi

Avokadoni muntazam iste’mol qilish suyaklarni mustahkamlaydi. 

  • Ovqat hazm qilinishini yaxshilaydi
  • Kayfiyatni ko‘taradi

Avokado tarkibidagi vitamin va minerallar, jumladan, foliy kislotasi va kaliy kayfiyatni yaxshilash va kayfiyat o‘zgarishining oldini olish uchun muhim. Bir necha tadqiqot natijalari tushkunlik va kaliyning past darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatgan. Foliy kislotasi tushkunlik belgilarini kamaytirish uchun muhim ahamiyatga ham ega.

Teglar