Nima uchun bolalar yolgʻon gapirishadi?

  • 18:54 / 25.07.2021
  • 278

Bolalar nima uchun yolgʻon gapirishga odatlanib qolishlarini bilasizmi? Ruhshunoslarning aytishlaricha, bunga oʻz aybini yashirish, maqtanish, oʻz maqsadiga erishish, ota-onalarning hissiyotlarini boshqarish istagi sabab boʻlishi mumkin. Xayriyatki, ushbu yoqimsiz odatni oʻz vaqtida payqash va bartaraf etish imkoni bor.

Ruhshunoslarning deyarli barchasi bolalar ota-onalarining gaplarini eshitmasliklari, balki ularga qarab, namuna olishlarini aytishadi. Yolgʻon gapirish masalasida ham bu qoida birday ishlaydi. Ota-onasining yolgʻon gapirganini koʻrgan bola ushbu ishni yodda saqlab qoladi va oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanadi.

Jazo olishdan qoʻrqish ham yolgʻon gapirishning asosiy sabablaridan yana biri. Shu tufayli bolani qattiq jazolash tavsiya etilmaydi, uning aybini tushuntirib, jazoni boshqa biror ish bilan almashtirish kerak boʻladi.

Agar bolalar maqtanchoqlik uchun yolgʻon gapirayotgan boʻlsalar, bu holat vaqt oʻtib oʻz-oʻzidan bartaraf boʻladi. Ammo, ularga kichik yoshlaridanoq yolgʻon haqida bilish haqiqat achchiq boʻlsa-da undan xabar topishdan ogʻriqliroq ekanligini tushuntirib borish kerak. Zero, ota-onalar haqiqatni bilgan taqdirlaridagina bolaga ruhiy koʻmak berishlari mumkin.