Nima uchun erkaklar ayollarga nisbatan kamroq umr ko‘radi?

  • 11:03 / 05.04.2019
  • 5296

Erkaklarning ayollarga nisbatan kamroq umr ko‘rishining asosiy sababi - ularning o‘z salomatligiga befarq munosabatda bo‘lishida. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning nima uchun ayollar erkaklardan uzoqroq yashashiga oid hisobotida shunday bayonot beriladi.

"Farq - sog‘liqni saqlashga bo‘lgan munosabatda. Erkaklar va ayollar bir xil kasallikka chalinganda, erkaklar ayollarga nisbatan kamroq shifokorga murojaat qiladi. Masalan, OIV epidemiyasi bo‘lgan mamlakatlarda erkaklar OIVga test topshirish ehtimoli juda kam, shuningdek, antiretrovirus terapiyadan o‘tish ham ularga malol keladi va shu tariqa, erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq OITS bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi", - deyiladi hisobotda.

JSSTda ta'kidlanishicha, Yer yuzida eng keng tarqalgan 40 kasallikdan 33 tasi ayollarga qaraganda ko‘proq erkaklarning hayot davomiyligiga salbiy ta'sir ko‘rsatar ekan.

Bundan tashqari, erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq o‘z joniga qasd qilishi ma'lum qilingan: o‘z joniga qasd qilgan erkaklar ulushi ayollarga nisbatan 75 foizga ko‘p. Yo‘llardagi o‘lim holati bo‘yicha ham erkaklar ko‘rsatkichi ayollarnikidan ikki karra ustun, qotillik natijasidagi o‘lim holatlari bo‘yicha esa to‘rt baravar yuqori.

Teglar