Nima uchun Kioto dunyoning eng yaxshi shahri sifatida tanlangan: 23 ta fotoisbot 

  • 08:57 / 22.08.2019
  • 1572

Kiotoda butun dunyo sayyohlarini oʻziga jalb etadigan ibodatxona, park va bozorlar talaygina. Quyidagi suratlarda Kioto nima uchun dunyoning eng yaxshi shahri deb atalganiga guvoh boʻlish mumkin.

1. Kiotoda koʻplab ibodatxonalar joylashgan. Masalan, YUNESKO jahon merosi obyektlari roʻyxatidagi Byodo-in ibodatxonasi.

2. Yana bir gʻaroyib ibodatxonalardan biri – XIV asrga tegishli Kinkaku-dzi. U koʻl yuzasida aks etuvchi yaltiroq tilla fasadga ega.

3. Sayyohlar togʻ boʻylab Fusimining asosiy ibodatxonasi Inarigacha deyarli 4 ming kilomertrga choʻzilgan minglab yorqin qizil toriy (ibodatxona eshiklari)ni xush koʻrishadi. 

4. Nisiki bozori ham “Kioto oshxonasi” kabi mashhur. U beshta mavzega yoyilgan 400 yillik yozgi bozordir. Bu yerda yuzdan ortiq doʻkon va restoranlarni topishingiz mumkin. Bozor noyob yegulik va gʻaroyib mahsulotlar konidir.

5. Misol uchun, bu yerda bedana tuxumi solingan sakkizoyoqni topish mumkin. Doʻkonlarda mahsulotlarni tatib koʻrish uchun taklif etishadi. Shunday ekan, bozorga qorningiz to'q holda kelmang. 

6. Yaponiya o'zining sakurasi bilan mashhur. Kiotoda ushbu daraxt juda koʻp.

7. Maruyama parkidagi bahorgi Xanami festivali ayniqsa jozibador.  

8. Kiotoda hatto kuz ham gʻaroyib.

9. Kuzgi barglardan bahramand boʻlish uchun Arasiyama rayonidagi Oi daryosi boʻylab pastga yoʻl oling.

10. Kiyomidzu-dera ibodatxonasi — shahar manzarasini tomosha qilish uchun ajoyib joy.

11. Fudziyama togʻini esa “Sinkansen” poyezdida sayohat davomida suratga olish mumkin. Aytgancha, u soatiga 321 kmgacha tezlikda harakatlanishi mumkin.

12. Kiotoda tabiiy maskanlar ham koʻp. Masalan, Arasiyama qamishzori. U nafaqat zich oʻsgan qamishlari, balki bu yerdan taraladigan tovushlar bilan ham dong taratgan.

13. Yana bu yerda maymunlar toʻdasi ham yashaydi. Ayrimlari Ivatayama parkida sayr qiladi.

14. Kiotoni oʻziga xos joyga aylantiradigan narsa, uning kichik qishloq muhitiga ega katta shahar ekanidir.

15. Bu yerda eski va yangi narsalar oʻrtasidagi bosim u qadar sezilmaydi.

16. Kioto oʻz anʼanalari va arxitekturasini saqlab qolgan. Masalan, Kiyomidzu-dera ibodatxonasiga olib boruvchi gʻaroyib darajada qayta tiklangan Ninenzaka koʻchasida buni his etish mumkin. Unga qadimiy imperiya davrida asos solingan. 

17. Biroq Kioto — zamonaviy shahar hamdir. Sidzyo-Dori markaziy savdo mavzesida Tokiodagi barcha narsani topishingiz mumkin.

18. Geyshalarni uchratish — Kioto koʻchalaridagi odatiy hol.

19. Haqiqatan ham ularni hamma yerda uchratasiz.

20. Ayniqsa Gionda.

21. Kiotodagi har bir taom – sanʼat asari. Kio-ryori (“Kioto oshxonasi”) esa taom isteʼmol qilish madaniyati boʻlib, chiroyli mavsumiy likoplarga kichik porsiyalarda solingan taomlarni isteʼmol qilishdir.

22. Mahalliy taomlarni tatib ko'rish uchun eng yaxshi joy – Sirakava rayoni. U aynan shu nomdagi kanal boʻylab joylashgan. Bu yerda restoran va barlar talaygina. 

23. Kiotoda jozibasi bilan kishini maftun etmaydigan koʻchalar umuman uchramaydi.