Nima uchun rasmni kameradan ko‘ra, smartfonda olgan yaxshi?

  • 12:05 / 08.11.2019
  • 425

Sifatli rasmga oluvchi zamonaviy smartfonlar yaratilishi bilan odamlar surat uchun alohida fotoapparat sotib olishdan ma’no yo‘qligini anglashdi. Bu haqiqatdan ham shunday, agarki siz professional suratkash bo‘lmasangiz...
 
Smartfonlarda kameraga qaraganda afzalliklari bisyor. Ulardan rasmga olish ham oson. 

Telefon doim o‘zingiz bilan

Smartfonlarning asosiy afzalligi shundaki, gajet doim o‘zingiz bilan yuradi. Fotoapparat olib ko‘chaga sayr qilish uchun chiqqan odam kam topilsa kerak. Telefonni esa hech ham o‘ylab o‘tirmay  cho‘ntakka solib ketaverasiz. Uni o‘zimiz bilan olish hech qachon esdan chiqmaydi.
 
Samartfon qulayligi, kichik hajmli va og‘irligi jihatdan ham sumkaga sig‘ib ketaveradi va uni istagan vaziyatda qo‘lga olish mumkin.     

Rasmlarni tez va osongina do‘stlarga ulashish mumkin

Smartfonlar orqali har qanday rasmni do‘st va yaqinlar bilan baham ko‘ra olamiz. Bundan tashqari, barcha zamonaviy telefonlar internetga bog‘lanish imkoniyatiga ega.
 
Fotoapparatda esa bu narsalarni amalga oshirish biroz ko‘p vaqt talab qiladi. Avvaliga, kamerada olingan suratlarni olish uchun uni kompyuterga ulash va ana undan keyingina istalgan odamga yuborish mumkin.

Fotoapparatni olib yurish ham noqulay, shunday emasmi?

Raqamli kameralardan tashqari professional fotoapparatlarni faqatgina maxsus sumkasida olib yurish mumkin. Uni sumkasiz, yelkaga oddiygina ilib ketsangiz ham tez charchab qolasiz. Sumkada ham bunday kameralar katta joy egallaydi. Shunday katta bo‘lishiga qaramay, ular juda nozik tuzilishga ega. Uni doim ehtiyotlash lozim.   
  
Suratga olishni tez o‘rganib olish mumkin

Qulay va kompakt telefonlar sabab ularni bir qo‘lda ushlash ham oson, foydalanish ham. Bir qo‘lda telefonni ushlab, yana bir qo‘lingiz bilan suratga olish tugmasini bosishingiz mumkin. Ayrim zamonaviy telefonlarni esa bir qo‘lning o‘zi bilan suratga olishni uddalasa bo‘ladi. 

Fotoapparatlarni esa bir qo‘l bilan ushlay olmaysiz. Unda rasmga olish uchun ikkala qo‘lingiz ham “ovora bo‘ladi”. Axir og‘ir kamerani yerga tushirib, sindirishni istamasangiz kerak? 

Smartfonda olingan bir necha suratni tez va oson tomosha qilish, kerakmaslarini bir zumda o‘chirib tashlash mumkin. Fotoapparatda esa bunga ham vaqt sarflanadi.

Rasmni telefonning o‘zida qayta ishlash mumkin

Deyarli barcha telefonda suratni qayta ishlovchi dastur bor. Uning yordamida rasmni kesish, rangini och yoki to‘q qilish mumkin. Zamonaviy telefonlarda bu kabi qayta ishlovchi o‘ndan ortiq funksiyalar mavjud.

Fotoapparat bilan rasmni qayta ishlash jarayoni sekinlashadi. Qolaversa, buning uchun qurilmada rasmni qayta ishlovchi maxsus dastur o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Yoki bo‘lmasa, ularga ishlov berish uchun rasmlarni yuqorida aytilgani kabi kompyuterga yoki planshetga ulash talab etiladi.
    
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, agar siz professional suratkash bo‘lmasangiz, suratga olishni oddiygina smartfon orqali ham amalga amalga oshirganingiz yaxshi.