Nima uchun yaxshi uyqu erkaklar salomatligi asosi hisoblanadi?

  • 07:20 / 08.05.2017
  • 17484

Zamonamiz kishisi urushdagi askardek uxlashga o‘rganib ham qoldi. Ish soatidan ko‘proq ishlash kerakmi? Mayli, keyin dam olarman. Dam olish kunlari do‘stlar bilan diydorlashish kerak, mayli, keyin uxlab olarman. Bu yaxshi, albatta. Biroq keyin kuch-quvvatingiz qolmaganda, hayotdan quvonish hissini charchoq va zaiflik egallasa, ajablanmang. Trendymen bu borada erkaklarga zarur ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

 

Necha soat va qachon?

Shifokorlar haq: haqiqatda kuniga kamida 6 soat uxlash zarur. Yaxshisi 8 soat uxlagan ma'qul, albatta, lekin agar kunduzi hech bo‘lmaganda yarim soat uxlash imkoni bo‘lsa, tunda 6 soat uxlash ham mumkin. Siz uxlaydigan vaqt ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun eng mukammal vaqt - 22:30. Tezroq uxlashingiz uchun planshet va telefonlarni uzoqroqqa qo‘yib, kitob varaqlang.

 

Holat va to‘shak

Zararli ichimliklarga emas, yaxshi to‘shakka pul sarflang - shunchaki xilma-xillik uchun. Eng yaxshi tanlov - o‘rtacha qattiqlikdagi prujinasiz to‘shak. Qorinda uxlash maqsadga muvofiq emas, bunday hollarda peshob pufagi va qon tomirlariga ortiqcha bosim tushadi. Eng yaxshisi, yon tomonda uxlash, tepaga qarab uxlash ham mumkin.

 

Ochlik va qorong‘ulik

Katta yoshli inson soat 19:00, uzog‘i bilan soat 20:00dan keyin ovqatlanmasligi kerak. Yengil tamaddi bilan cheklaning, suv iching - ertalabgacha sabr qiling. Tungi chiroqlarni unuting: har qanday, hatto u qadar yorug‘ bo‘lmagan chiroq manbai ham organizmda melatonin ishlab chiqarishiga halaqit beradi, bu gormonsiz esa uyquga ketish qiyin.

 

Yopiq tizim

Umuman olganda, yotoqxonani hordiq chiqarish uchun mukammal joyga aylantiring. Bu xonada imkon qadar o‘zingizga texnikdan foydalanishni taqiqlang. Shovqindan himoyalanish - juda muhim. Ko‘cha-ko‘yda har xil tovushlar eshitilyaptimi? Tovushdan himoyalovchi quloqchinlar xarid qiling.

 

Uyqusizlik sababi

Uyqusizlik Yer yuzidagi har uchinchi kishini ta'qib qiladi. Bunga sabab, ularning birinchi va ikkinchisi - xitoylik, ular esa barchasini to‘g‘ri bajarishga odatlanishgan, shu jumladan uxlashni ham. Stress, qahva, jismoniy mashqlarning yetishmovchiligi organizm faoliyatini o‘zgartiradi. Salomatligingizga e'tiborli bo‘ling, shunda uyqusizlik uchun sababning o‘zi bo‘lmaydi.

Teglar