Niqob taqish koronavirus tarqalishini 40 foizga susaytiradi

  • 14:06 / 13.06.2020
  • 368

Germaniyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarda niqob virus tarqalishini 40 foizga susaytirishini aniqladi. Niqob taqish majburiyati qo‘llanilgan shaharlardan biri, Yenada virus bilan zararlanishlar miqdori 20 kun ichida chorak miqdorga kamaygan (25 foizga). Keyin esa umuman nolga tushib ketgan. Virus tarqalishi boshlangandan keyin bir necha hafta o‘tgach, niqob taqishni kechroq boshlagan Tyuringendagi boshqa hududlarda virus tarqalishda davom etgan. Umuman olganda, hududdan qat’iy nazar, niqob taqish majburiyati o‘rnatilgandan keyin 10 kun o‘tib COVID-19 bilan zararlanganlar miqdori 2,3-13 foizga kamaygan.

Olimlar butun Germaniyaning 410 hududidan ma’lumot to‘pladi. “Yenada jamoat joylarida niqob taqish kasallanishlar sonini keskin kamaytirgan. 60 yoshdan yuqori bo‘lgan insonlarda zararlanish miqdori 50 foizdan ortiq kamaygan”, deydi tadqiqotda qatnashgan olimlar. Tadqiqotchilar Yenadagi vaziyatni boshqa shaharlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashdi. Ulkan shaharlarda niqob taqishdan kelayotgan foyda yana-da sezilarli bo‘lgan. Niqob koronavirus tarqalishining oldini olishning eng arzon usulidir. Germaniyaning Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar miqdori 186 933 nafarni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Fransiya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Rossiyadagi ko‘rsatkichlarga qaraganda kamroq. Germaniyada virusdan 8780 nafar kishi halok bo‘lgan.