Nokia, NEC’dan Apple va Samsunggacha: 20 yil ichida telefon olami qanday o‘zgarishga yuz tutdi?

  • 17:30 / 03.11.2019
  • 238

Bugungi kunda uyali aloqa vositalari kundalik turmush tarzimizning bir bo‘lagiga aylangani sir emas. Apple, Samsung, Xiaomi, Huawei smartfonlari yosh-u qarining qo‘lidan tushmaydi. Biroq 20 yil oldingi holat qanday edi?

Bugungi yoshlar bir vaqtlar NEC, Panasonic, Siemens, Ericssen kabi uyali aloqa vositalari ommabop bo‘lgan davrlarni bilishmasa kerak!

2000-yillarning o‘rtalarida ham telefon bozorida Nokia’ning oldiga tushadigani yo‘q edi. 2004-yilda Nokia eng yaqin ta’qibchisi Motoroladan ikki baravardan ko‘proq mobil telefonlarini sotgan.

2009-yilga kelib Nokia telefonlari sotuvi naq 472 milliondan ortiq donani tashkil qilgan. Biroq undan so‘ng, kompaniyada pasayish kuzatildi. Raqobat kuchaya boshladi, bir qator yangi nomlar paydo bo‘la boshladi va bozorda o‘z o‘rinlarini mustahkamlab bordi.

Yangi avlod uyali aloqa vositalari – smartfonlarning paydo bo‘lishi davr bilan hamnafas bo‘la olmaganlarni siqib chiqardi.