Nomofobiya: siz ko‘proq nimadan qo‘rqasiz?

  • 07:07 / 15.09.2019
  • 900

Oxirgi yarim asrni telefon tarmoqlari va qurilmalarisiz tasavvur qilish qiyin. Hech bir texnik ishlanmalar telefonchalik hayotimizga tez va keng koʻlamda kirib kelmagan. Quyida ushbu ajoyib ixtiro bilan bogʻliq qiziqarli faktlarni keltirib oʻtamiz.

“Smartfon” atamasi birinchi marta Ericsson tomonidan 2000-yilda Ericsson R380 modeli taqdimoti vaqtida ishlatilgan. Smartfonlarning “bobosi” boʻlgan bu qurilma Symbian OS v5.1 operatsion tizimida ishlardi va maxsus qopqoq bilan himoyalangan sensorli ekranga ega edi.

Мобильные телефоны: Ericsson R380s

Har qanday zamonaviy telefonning ishlash samaradorligi (hatto siznikining ham) NASA tomonidan Apollon’ning Oyga qoʻnish rejasini hisoblash va boshqarish uchun sarflangan jamiki kompyuterlarning umumiy quvvatidan ortiqroqni tashkil etadi.

Yaponiyada 90 foiz telefonlarning korpusi namlikka qarshi himoyalangan. Bu ularning iqlimi bilan bogʻliq emas, albatta! Buning asosiy sababi, yapon yoshlarining aksariyat qismi, hatto vannada yoki dush qabul qilayotganida ham qoʻllaridan smartfonlarini qoʻymaydilar.

Mobil qurilmangizni, yoki boʻlmasa, shunchaki telefon aloqasini yoʻqotishdan qo‘rqish “nomofobiya” deb ataladi. Bu atama ilk marta 2010-yilda mobil aloqa foydalanuvchilarining odatlarini oʻrganish natijasida paydo boʻldi. Tadqiqotda respondentlarning qariyb yarmi mobil qurilmasini yoʻqotish, telefon akkumulyatori quvvatining tugab qolishi, hisoblaridagi mablagʻning tugashi va shunchaki  tarmoqdan tashqarida qolib ketishdan qoʻrqishlarini tan olishgan. 

Dunyodagi eng omadli va xaridorgir telefon apparati bu – Nokia 1101 modeli hisoblanadi. U 2003-yildan buyon 250 million donadan ortiq sotilgan. Bu nafaqat telefonlar orasida, balki umuman, gadjetlar miqyosida olganda ham rekord koʻrsatkichdir. Bu modelni ishlab chiqarish hozirgi kunda toʻxtatilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2013-yilda eʼlon qilgan hisobotiga koʻra, telefon qurilmalarining soni umumiy voyaga yetgan aholi sonida oshib ketgan. Yaʼni har yetti kishining oltitasida mobil aloqa vositasi mavjud. Biroq Yer yuzi aholisining 4,5 milliard aholisigina yetarli shart-sharoitlarda kun kechiradi, xolos.

Shuningdek, telefon apparatini uzoqroqqa otish boʻyicha sport turi ham bo‘lib, u Finlandiya, Belgiya va boshqa bir qator mamlakatlarda ancha mashhur. Bu sport turi boʻyicha hatto 2014-yilda Jahon chempionati ham oʻtkazilgan va 110,42 metrlik ko‘rsatkich jahon rekordi sifatida qayd etilgan edi.