Noodatiiy shirinliklar muzeyi TOP 14 taligi

  • 14:42 / 14.08.2019
  • 224

Shirinliklarni qanchalik sevishimiz darajasini belgilashga hech qanday o‘lchov birligi topilmasa kerak. Ayniqsa, bolajonlar uchun shirinlikdan-da mazaliroq narsa yo‘q. Ularni tanovul qilish yoqimli. Tomosha qilish-chi? Shunaqasi ham bo‘larkanmi dersiz? Bilsangiz, sayyohlar tashrif buyuradigan ko‘pgina shaharlarda u qadar mashhur bo‘lmagan noodatiy va shirin muzeylar ham bor. “Forum Daily” ana shunday muzeylar ro‘yxatini taqdim etdi.

Carpigiani Gelato — muzqaymoqlar muzeyi (Boloniya, Italiya)

Ushbu muzeydan jelato disertini ishlab chiqaruvchi dastgohlar, yuzlab arxiv materiallari hamda videolar, master-klasslar va albatta, ko‘plab muzqaymoqlar o‘rin olgan. Muzey 2012-yilda mashhur Carpigiani muzqaymoq kompaniyasining shtab-kvartirasida tashkil etilgan. Bu yerda siz nafaqat jelatoning tarixini bilib olasiz, balki mahalliy kafelarda uni tatib ko‘rishingiz ham mumkin.

Massachusets — kuyib ketgan oziq-ovqat muzeyi (AQSh)

Burnt Food Museum’ni yaratish g‘oyasi o‘tgan asrning 80-yillari oxirida musiqachi Debora Xenson-Konantdan chiqqan. U olmali sidrni isitishga qo‘yganida telefon jiringlab qolgan. Suhbat juda uzoq va qiziqarli o‘tgani sabab oshxonaga qaytgan Debora sidrga emas, o‘zi mustaqil tura oladigan qandaydir g‘alati narsaga duch keladi. Muzey faqatgina xususiy ekskursiyalar uchun ochiq. 9 kishilik guruh 3500 dollar to‘lab 90 daqiqa aylanishi mumkin. Bu pul evaziga Grammy mukofoti sovrindori, muzey egasining shaxsan o‘zi sayohatchilarga elektron gitarada musiqa chalib beradi.

 
Blackfoot — Idaho Potato Museum kartoshkalar muzeyi (AQSh)

Kartoshka shtati hisoblanuvchi Aydaxoda ushbu poliz mahsuloti XIX asrdan buyon yetishtiriladi. 1988-yilda esa ushbu shtatda Kartoshka muzeyi ochilgan. U 1913-yilda Union Pacific Rail Road yo‘lidagi sobiq temiryo‘l deposi binosida joylashgan. Bu yerda kartoshka bilan bog‘liq ulkan kolleksiyani, kartoshkali nonni va hatto kartoshkali muzqaymoqni ham uchratishingiz mumkin.

Deutsches Currywurst Museum — qovurilgan sosiskalar muzeyi (Berlin, Germaniya)

Germaniyada “karrivurst” qovurilgan sosiskalari — Italiyadagi pitsalar kabi ahamiyatlidir. Ushbu yegulik Ikkinchi jahon urushidan so‘ng unchalik katta bo‘lmagan oshxona egasi Gerta Xoyver tomonidan o‘ylab topilgan. Hamma gap achchiq sousda: Britaniya qo‘shinlari shaharni ishg‘ol qilgach unda ko‘plab achchiq ziravor va souslarga ega bo‘lish imkoni tug‘iladi. Gerta ularni ketchupga qo‘shib yangicha ta’mlar yaratadi. 1959-yilda Xoyver o‘z sousini patentlagan. Muzey 2009-yil 15-avgustda, ushbu taom paydo bo‘lganiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan. 2011-yilda muzey dizayn sohasida bir nechta mukofotlarni qo‘lga kiritdi.

Beer Can Museum — pivo bankalari muzeyi (Massachusets, AQSh)

Mazkur kolleksiya xususiy uyda joylashgani sababli muzey bo‘ylab turlarga oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Pivo bankalari va boshqa buyumlarni yig‘ish Ikkinchi jahon urushidan oldin ham bo‘lgan hamda bir necha yillar davomida kolleksiya ortib borgan borgan.

Amsterdam Cheese Museum — pishloqlar muzeyi (Niderlandiya)

Amsterdam Cheese Museum
Bu yerda golland pishlog‘ining kelib chiqish tarixi haqida sizga so‘zlab berishadi. Shuningdek, sizda turli pishloq navlaridan tatib ko‘rish imkoniyati bo‘ladi. Istasangiz, golland fermerining an’anaviy kiyimida suratga tushishingiz ham mumkin.

Wyandot Popcorn Museum — popkorn muzeyi (Ogayo, AQSh)

Wyandot Popcorn Museum
Amerikaliklar yiliga o‘rtacha 64 kilogramm popkorn iste’mol qiladi. Amerikaliklarning eng sevimli yeguligiga bag‘ishlangan muzeyda popkorn sotish uchun mo‘ljallangan tarixiy aravalar, uni ishlab chiqaruvchi mashinalar va boshqa ko‘plab buyumlarni uchratish mumkin. Tashrif buyuruvchilar sayohat yakunida bepul popkorn bilan mehmon qilinadi. Bolalarga esa o‘z uylarida mo‘jazgina makkajo‘xori plantatsiyaslarini yaratishi uchun makkajo‘xori donalari beriladi.