Norma ijodkorligini takomillashtirish, bu borada xorij tajribasini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

  • 12:08 / 14.02.2020
  • 80

Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda “Milliy dastur va huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish usullari”  mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Prezident Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

Joriy yilning 13–14-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ushbu seminar-treningda Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, BMT Taraqqiyot Dasturi, Buyuk Britaniya elchixonasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mas’ul xodimlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, seminar-treningning maqsadi vazirlik va idoralar mutaxassislarining milliy dasturlarni amalga oshirishda muvaffaqiyat ko‘rsatkichlari ishlab chiqish usullarini qo‘llash va qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha malakasini oshirishdan iborat bo‘lib buning uchun tajribali xalqaro ekspertlar murabbiy sifatida jalb etilgan.

Ushbu anjuman norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlarning ishlab chiqish, qabul qilish bo‘yicha tajribasini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan bir qator tadbirlarning mantiqiy davomi ham hisoblanadi.

Seminar-treningning birinchi kunida davlat sektorida natijalarni strategik rejalashtirish va boshqarish, tarmoqlar (hududlar)ni rivojlantirish dasturlari ko‘rsatkichlarini shakllantirish, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi tartibga solish ta’sirini baholashni qo‘llash bo‘yicha tajribalar, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholashda namunaviy xatolar va ularni bartaraf etish usullari muhokama qilindi.

Anjumanning ikkinchi kuni ishtirokchilar ijtimoiy sohada tartibga solish ta’sirini baholash va haqiqiy ta’sirni baholash (OFV) doirasida foyda va xarajatlarni tahlil qilish usullarini muhokama qilishdi. Trening davomida ishtirokchilar “Ayrim daraxt turlarini kesishni cheklashning maqsadga muvofiqligi” mavzusidagi keys misolida ushbu ishning ijobiy va salbiy tomonlarini batafsil o‘rganishdi. 

Tadbir davomida ishtirokchilar tartibga solish ta’sirini baholash va haqiqiy ta’sirni baholashda keng jamoatchilikni jalb qilish bo‘yicha referent guruhlar bilan samarali muloqotni tashkil etish usullari bo‘yicha ko‘nikmalarini ham kengaytirishdi. 
Seminar-treningning nazariy qismi amaliy guruh mashg‘ulotlari bilan to‘ldirildi. 
Anjuman yakunida biznes va hokimiyat o‘rtasida konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali tartibga solish ta’sirini baholash tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ma’muriy to‘siqlarni, samarasiz tartibga solishni bartaraf etish imkonini berishi ishtirokchilar tomondan ta’kidlandi. 
Seminar-trening yakunida qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.