Nostrifikatsiya qilish tartibidan xabardormisiz? 

  • 11:18 / 08.11.2019
  • 446

Adliya vazirligi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlarni O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish (nostrifikatsiya) tartibi haqida eslatib o‘tdi. 

Qonunchilikka koʼra, xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

Bunda har bitta xorijiy diplom uchun 669 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

Hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan koʼrib chiqilib, unga ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi. 

Ijobiy xulosa berilgan talabgor taʼlim olgan yoʼnalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha test sinovi topshiradi. 

Test natijalari bo‘yicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).