Nukusda 1 kunda 1,2 mlrd. so‘mlik qarz undirildi

  • 11:27 / 13.02.2020
  • 215

Qoraqalpog‘iston yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan Nukus shahar davlat soliq inspeksiyasi foydasiga bir kun ichida 1,2 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undiriligan. 2020-yilning 7-fevralida undirish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Nukus shahar bo‘limiga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan. Barcha harakatlar Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining sud buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan  qarzdor korxonaning bankdagi hisobraqamlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan. 

Natijada, ijro hujjatining ijrosi qisqa muddat ichida amalda ta’minlanib, qarzdor unitar korxonadan 1,2 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirilgan.