Nukusda talabani pichoqlagan shaxs qamoqqa olindi

  • 20:30 / 05.04.2021
  • 64

2021-yil 2-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi fuqaro U.T. Nukus shahri 36-maktab yonida o‘zi bilan olib kelgan xo‘jalik pichog‘i bilan tanishi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabasi S.S. (qiz)ni orqa qismiga 3 marta pichoq urgan hamda voqeaga guvoh bo‘lgan T.A. (erkak)ga ham jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada S.S. va T.A. darhol kasalxonaga yotqizilgan. Ammo tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay S.S olgan tan jarohatlardan vafot etgan.

Ushbu hodisa bo‘yicha 2-aprel kuni Nukus shahri prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

3-aprel kuni U.T. ga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish jazosi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.