Nutqingiz nimalarni oshkor etadi?

  • 07:18 / 05.03.2019
  • 3209

Nutqimiz tashqi ko‘rinishimiz va oliy o‘quv muassasalarining diplomlariga qaraganda ko‘proq narsani so‘zlaydi.

Fikrlarni chiroyli va aniq bayon etish, suhbatdoshni qiziqtira olish – haqiqiy iste'dod.

Foto: Unsplash

O‘zingiz haqingizda faqat ijobiy so‘zlarni ayting

Bilingki, fikr va so‘zlaringiz hayotingizga ta'sir ko‘rsatadi. Ular siz bilan bog‘liq vaziyatlar, o‘zingizni his qilishingiz, sog‘lig‘ingiz va  hatto farovonligingizning asosidir.

O‘zingizga qanday xususiyatlarni loyiq ko‘rsangiz (hatto hazil qilib ham), bu sizning obrazingiz soyasiga aylanib, ishlashni boshlaydi.

Ikkinchi muhim band – atrofdagilar siz tomondan tasvirlangan obrazga ishonishni boshlaydilar va sizda aynan shunday mezonlar egasini ko‘radilar. Shuning uchun faqat bunyodkor, ezgu narsalarni gapirishni odatga aylantiring. Hazil qilib bo‘lsa ham o‘zingizni urishish, so‘kish va laqablar o‘ylab topishingiz mumkin emas.

Foto: Unsplash

Atrofdagilar haqida faqat ijobiy so‘zlang

O‘zgalarni g‘iybat qilish va ular haqida salbiy narsalarni so‘zlashdan ko‘ra buzg‘unchi va befoyda odat bo‘lmasa kerak. Bilingki, o‘zgalarning xususiyatlari ustidan kulib, kimgadir baho berganingizda tez orada aynan shunday voqealar o‘zingiz bilan sodir bo‘lishni boshlaydi. Buni ilm-fanga asoslanib, tasvirlashning iloji yo‘q.

Kimdir xato qilgan bo‘lsa ham muhokama va qo‘pol so‘zlarga yo‘l qo‘ymang. Siz gapirayotgan narsa birinchi navbatda sizni tasvirlaydi. Aynan sizning axloqiy rivojlanganingiz, komillik va shaxsiy sifatlar oshkor bo‘ladi.

Shuni bilingki, birinchi navbatda diqqatingizni tortib, jig‘ingizga tegayotgan narsalar – gapirayotgan kishining o‘ziga xos. Shuning uchun o‘zingizni qopqonga itarmang, yaxshisi jahlingizni chiqargan jihatlarga e'tibor bering va aynan shu mavzular ustida ishlang.