Nyu-Yorkdagi 11-sentyabr muzeyi haqida bilasizmi?

  • 10:23 / 05.09.2019
  • 464

Shahar markazidagi Oculus transport yo’llar tutashmasi yaqinida joylashgan 11-sentyabr muzeyi o‘zining noodatiy binosi yoki hayratlanarli o‘lchami bilan maqtanolmaydi. Uning o‘zgachaligi nimada? 

Muzey yer ostida joylashgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar uning ostonasidan hatlash uchun qattiq tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ichkariga kirgach, 16 yil avval samolyotlarning osmono’par binolarga qanday urilayotganini va 2 ming 777 kishini hayotdan mosuvo qilayotganini go‘yo mashinada o‘tib ketayotib, o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rayotganday bo‘lasiz. Sobiq Xalqaro savdo markazining “me’moriy yuragi”ga tushar ekansiz, bir paytlar gavjum bo‘lgan ko‘p qavatli binoning  devorlari va kolonnalarini ko‘rish mumkin. 

September 11  Museum5

Muzeyda 11-sentyabr voqealarining barcha qurbonlari profillari va suratlari joylashtirilgan. Har bir eksponatning o‘z hikoyasi bor. “So’nggi kolonna”da qidiruvdagi yo‘qolganlar haqidagi plakatlar hali ham turibdi. Yaroqsiz holga kelib qolgan yong‘in o‘chirish mashinasining kuzoviga qarab, uning old tomoni qayerda, orqasi qayerda – bilib olish qiyin. Yana yurishda davom etib “shaxsiy”roq eksponatlarni, masalan, qurbonlarning ovozli xabarlarini, labbo‘yoq, fotojurnalistning oyoq kiyimi, kuryerning tirgakka tiqilib qolgan velosipedi kabilarni ko‘rish mumkin. Bir qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan buyumlar etni jimirlatadi va hammaga ma’lum bo‘lgan faktlarni qayta o‘ylab ko‘rishga undaydi. 

September 11  Museum9

Muzey ko‘pchilik odamlar uchun faqatgina hissiy emas, jismoniy azoblar ham davom etayotganini anglashga yordam beradi. O‘nlab o‘t o‘chiruvchilar, politsiyachilar va fuqarolar o‘sha kuni nafas olgan tutunlari, organizmiga tushgan mayda shisha siniqlari va parchalari, 16 yil avval his qilgan shoki tufayli yaqin yillarda vafot etadilar. Vaqt o‘tadi, ammo har doim ham davo bo‘lolmaydi. 

September 11  Museum1

2001-yil 11-sentyabrda halok bo‘lganlarning yodini abadiyatga muhrlashga qaror qilinganida hukumatga Milliy memorial va 11-sentyabr muzeyini yaratish uchun 5 ming 200 dan ziyod loyiha taqdim etilgan. Ulardan Maykl Arad va Piter Uolkerning ikki basseyni maqul ko’rildi.

September 11  Museum13

Go‘zalligiga ko‘ra hayratomuz bo‘lgan basseynlar egizak binolar bo‘lgan yerda joylashgan. U 11-sentyabr terakti tarixini ilk bor eshitayotgan kattalarga ham, bolalarga ham birday ta’sir qiladi.

September 11  Museum3

September 11  Museum6

 

September 11  Museum12

Teglar