OAV: Joli va Pitt Yangi Orleandagi uylarini sotishdi

  • 08:23 / 29.10.2016
  • 5434

Rasmiy ajralish jarayonini o‘tkazayotgan amerikalik aktyorlar Bred Pitt va Anjyelina Joli, Luiziana shtati, Yangi Orlean shahridagi uylarini sotishdi. Hashamatli uy 4,9 mln dollarga sotilgan, deb yozmoqda USA Today gazetasi.

Qayd etilishicha, Bred Pitt Katrina dovulidan jabr chekkanlarga yordam beruvchi xayriya tashkilotiga asos solgach, juftlik bu uyni 2007 yilda 3,5 mln dollarga xarid qilgan edi.  

3 qavatli dabdabali uy 1830 yillarda barpo etilgan bo‘lib, unda 5ta yotoqxona va boshqa xonalari bor. 

Ko‘chmas mulk savdo agenti Nina Kaylinn bitimni tasdiqlab, uy yaxshi narxda sotilganini ta'kidlagan. 

Teglar