OAV: "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi David Moyes MLS “Inter Mayami” klubini boshqarishi mumkin

  • 16:06 / 11.08.2019
  • 198

Terri Anri, Karlo Anchelotti va Jennaro Gattuzo ham bu lavozimga da'vogarlik qilmoqda.

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasining sobiq bosh murabbiyi shotlandiyalik David Moyes Professional Futbol Ligasi (MLS) "Inter Mayami" klubini boshqarishi mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 56 yoshli mutaxassis bu lavozimga da'vogarlar ro'yxatining avvalida. Ta'kidlanishicha, jamoa egalari, jumladan Devid Bekxem bosh murabbiyni faol qidirmoqda va yaqin orada ular jamoa murabbiyi nomini e'lon qilishi kerak. Aytilishicha, fransiyalik Terri Anri, italiyalik "Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va Italiyaning "Milan" sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ham bosh murabbiylikka da'vogar.

2018-yilda u tark etgan inglizlarning «Vest Xem» klubi Moyesning so'nggi ish faoliyati edi. Moyes shuningdek, Angliyaning “Preston North End”, “Everton”, “Manchester Yunayted”, “Sanderland” va Ispaniyaning “Real Sociedad” klublarini boshqargan.

2018-yilda tashkil etilgan "Inter Mayami" 2020-yilda MLSda debyut mavsumini o'tkazishi kerak.