OAV: “Yuventus” futbolchisi Manjukich “Bavariya”da faoliyatini davom ettirishi mumkin

  • 20:41 / 10.08.2019
  • 71

Foto: Reuters

“Yuventus” futbol klubining xorvatiyalik hujumchisi Mario Manjukich Germaniyaning “Bavariya” klubi safiga o'tishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorvatiyalik Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga o'tishga tayyor edi, ammo futbolchining transferi amalga oshmadi.

33 yoshli hujumchining “Yuventus” bilan shartnomasi 2021-yil iyun oxiriga qadar davom etadi. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko'ra, futbolchi 18 million yevroga baholanmoqda.

Manjukich Germaniya futbol jamoasida 2012-yildan 2014-yilgacha to'p surgan. Klub bilan birgalikda u ikki karra Germaniya chempioni va Germaniya kubogining ikki karra g'olibiga aylandi, Germaniya superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.

Shuningdek, u Xorvatiyaning “Marsoniya”, “Zagreb” va “Dinamo”, Germaniyaning “Volfsburg”, Ispaniyaning “Atletiko” jamoalarida o'ynagan. “Dinamo” tarkibida u uch karra Xorvatiya chempioni va Xorvatiya kubogining ikki karra g'olibiga aylandi, “Atletiko” bilan birgalikda Ispaniya superkubogini yutdi. 2017-yilda u "Yuventus" ga o'tdi, o'tgan mavsum u barcha turnirlarda 33 ta o'yin o'tkazdi va 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoa tarkibida u to'rt marta Italiya chempionligini, uch bor Italiya kubogini, ikki bor Italiya Superkubogini yutgan va bir marta Chempionlar Ligasi finalida o'ynagan.

U 2007-yildan beri Xorvatiya terma jamoasida to'p surib keladi, jami 89ta o'yin o'tkazib, 33 ta gol urgan. JCh-2018 da Manjukich kumush medalni qo'lga kiritgandi.

Teglar