Obid Asomovning rafiqasi turmush oʻrtogʻining ikkinchi xotini boʻlgani va undan oʻgʻli borligini gapirib berdi

  • 15:26 / 23.09.2021
  • 273

Marhum qiziqchi Obid Asomovning rafiqasi Dilfuza Asomova ijodkorning ikkinchi oilasi boʻlgani, qiziqchining farzandlari va Obid Asomovning ikkinchi ayolidan oʻgʻli ham borligini gapirib berdi.

“Ularning orzulari bor edi, kelin tushirmoqchi edilar. Buni yashirmayman, ikkinchi oilalari boʻlgan. Ikkinchi oilalaridan oʻgʻillari ham boʻlgan, oʻgʻillari mana shu yerda ulgʻaygan. Oʻgʻillarini insofli, iymonli, diyonatli qizga uylantirishni xohlardilar. “Lekin men kelin olsam, undan hech narsa olmaymiz, men qizlarga qilaverib charchadim. Bitta mol olmaymiz, biz jon olamiz, Dilfuza”, derdilar. Hamma farzandlarini oʻqitdilar, oliy maʼlumotli qildilar. Katta qizimiz sharqshunoslikda, ikkinchisi farmatsevtikada, uchinchisi tekstil universitetida oʻqidi.

Obid akam hech qachon pul yigʻmasdilar, topgan pullarini sarflab yuborardilar. Toʻyga borsalar pul topardilar, boshqa daromadlari yoʻq edi. Toʻgʻrisini aytaman, mashinani sotib, oʻgʻillarini uylantirib qoʻydim. Buni hamma biladi, buni inkor qilolmayman. Ogʻaynilari ham bundan xabardor. Mashinani sotib, oʻgʻillarini boshini ikkita qilib qoʻyganman”, dedi Dilfuza Asomova.

Ijodkorning rafiqasi bu Obid Asomovning vasiyati boʻlganini taʼkidlab oʻtgan.