Odamlar bir necha oy chiptalari uchun navbatga turadigan eng hashamatli poyezdlar

  • 10:58 / 08.11.2019
  • 117

Ushbu poyezdlarga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritish oson emas. Chunki, chiptalarining narxi boshqa oddiy poyezdlarga qaraganda ancha yuqori. Ammo bu hayotingizdagi eng unutilmas sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligingizni anglashga yordam beradi.

Chipta narxi – poyezdga chiqish uchun duch keladigan qiyinchiliklardan biridir. Quyida keltirilgan ba’zi poyezdlar yiliga bir marta qatnaydi va ularga chipta sotib olish umidida navbatda turish bir necha oyga cho‘ziladi.

“Sharqiy Express”

Chipta narxi: 1,160 dollardan boshlanadi.

Bu Sharq va G‘arbni bog‘laydigan temir yo‘lning birinchi tarmog‘i bo‘lib, Agata Kristining “Sharq ekspressi”dagi qotillik” romani tufayli mashhurlikka erishgan poyezd hisoblanadi.

Eastern & Oriental Express poyezdi

Chipta narxi: 2,217 dollardan boshlanadi.

Besh yulduzli mehmonxonaga qiyoslanadigan ushbu poyezd Singapurdan Malayziya va Bangkokgacha bo‘lgan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi.

The Golden Chariot (Oltin aravacha) poyezdi

Chipta narxi: 5,730 dollardan boshlanadi.

Bu eng chiroyli yo‘lovchi tashish poyezdlaridan biri hisoblanadi. U Buyuk Britaniya qirolichasiga tegishli eski Blue Express poyezdining uslubida bezatilgan.

Rovos Rail poyezdi
 

Chipta narxi: 1,200 dollardan boshlanadi.

Poyezdning orqasida ulkan derazalari va panoramik manzarali vagonlari bor.

Royal Scotsman poyezdi
 

Chipta narxi: 2,935 dollardan boshlanadi.

Shinam va qulay poyezd Shotlandiya bo‘ylab harakatlanadi. Vagonlarining biri kurortga aylantirilgan.

Maharajas Express poyezdi
 

Chipta narxi: 6,840 dollardan boshlanadi.

Osiyodagi eng hashamatli va qimmat poyezd hisoblanib, Hindiston qirollik saroyining ko‘rinishi poyezd bezaklarida aks etgan.

“Rossiya imperatori” poyezdi
 

Chipta narxi: 5,274 dollardan boshlanadi.

Yiliga bir marta qatnaydigan eng mashhur va hashamatli poyezdlardan biri.

Blue Train poyezdi
 

Chipta narxi: 740 dollardan boshlanadi.

Poyezd Janubiy Afrikaning janubiy sohili manzaralari bo‘ylab sayohat qiladi. Uning yo‘lovchilari jirafalarni, ohularni va yovvoyi qoramollarni ko‘rishlari mumkin.

“Oltin burgut” poyezdi

Chipta narxi: 15,495 dollardan boshlanadi.

Dunyodagi eng qimmat yo‘lovchi tashish poyezdi. Vagonlarning birida pianino va o‘z kutubxonasiga ega bar mavjud. Ushbu poyezd Moskva – Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.