Odamlar eng ko‘p tashrif buyuradigan Janubiy Amerikadagi muzeylar

  • 21:34 / 03.07.2019
  • 404

Janubiy Amerika juda qiziq joy hisoblanadi, biroq u haqida hamma ham bilmaydi. Qit'ada erkatoy sayyohni ham hayratga soladigan jihatlar ko‘p: Amazonkaning tropik o‘rmonlaridan tortib, Machu-Pikchu inklari qal'asining xarobalari. Qit'ada insoniyat uchun xazina sanalgan eksponatlarga ega ko‘plab muzeylar ham bor.

Janubiy Amerikada odamlar eng ko‘p tashrif buyuradigan muzeylar asosan sayyohlar oqimi yuqori bo‘lgan yirik shaharlarda joylashgan. Ularning ko‘pchiligi madaniy majmualarning bir qismi hisoblanadi va bir necha obidalarni o‘z ichiga oladi. Rio-de-Janeyrodagi Banco do Brasil madaniy markazi Janubiy Amerikadagi odamlar eng ko‘p tashrif buyuradigan muzey hisoblanadi.

Banco do Brasil (CCBB), Braziliya

Rio-de-Jyeneyroda joylashgan Banco do Brasil madaniy markazi aynan shu nomdagi Lotin Amerikasida joylashgan bankka tegishli. Shunga o‘xshash markazlar Braziliya, San-Paulu va Belu-Orizontida joylashgan. Biroq Rio-de-Janeyrodagi markaz odamlar eng ko‘p tashrif buyuradiganlaridan sanaladi. 2017 yilda u 337 566 ta tashrifchini qabul qilgan.

1906 yilda qayta ta'mirlashdan keyin ochilgan art-deko uslubidagi chiroyli binoda shahardagi eng yaxshi ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Banco do Brasil’ning asosiy obektlari kinoteatr, brazilcha valuta tarixi haqida hikoya qiluvchi ikkita teatr va ekspozitsiyalar sanaladi. Markazda yil bo‘yi ko‘rgazma, konsert, kinonamoyish va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Banco do Brasil (CCBB), Braziliya

Bu joy ham taniqli madaniy joy hisoblanadi. 2017 yilda bu yerga 1, 229, 432 kishi tashrif buyurgan. U 2000 yilda ochilgan. Bino Alba Rabelo Kunya tomonidan loyihalashtirilgan. Ushbu ikki qavatli ko‘rgazma, teatr tomoshalari, kino namoyishlari, musiqa festivallari va boshqa madaniy voqealarni o‘z ichiga olgan arxitektura majmuasidir. Bu yerda ko‘plab muhim milliy va xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.

Complexo Cultural da República, Braziliya

Janubiy Amerikada odamlar eng ko‘p tashrif buyurishi nuqtai-nazaridan uchinchi o‘rindagi muzey. Complexo Cultural da República ham Braziliyada joylashgan. Majmua Respublikaning milliy muzeyi va Braziliya milliy kutubxonasini ham o‘z ichiga olgan. Markaz Oskar Nimeyyer tomonidan loyihalashtirilgan. U 2006 yilda ochilgan. Muzey katta ko‘rgazma maydonchasi, laboratoriya va ikkita auditoriyaga ega. Ko‘rgazmalarning ko‘pchiligi – vaqtinchalik.

InstitutoTomieOhtake, San-Paulu

Instituto Tomie Ohtake ham Braziliyada joylashgan. U 2001 yilda milliy va xalqaro dizayn, san'at va arxitektura ko‘rgazmalarini o‘tkazish uchun ochilgan. Institut mashhur rassom Tomi Oxtake sharafiga nomlangan. Uning Braziliya madaniyatiga qo‘shgan hissasi katta. Institutning ko‘p dastur va ko‘rgazmalari faoliyatini endigina boshlayotgan yosh rassomlar o‘z iste'dodini namoyish eta olishlariga yo‘naltirilgan.

Teglar