Odamlarga siz go‘zalsiz deyish qanday ta'sir qilishini aks ettirgan suratlar

  • 12:15 / 04.11.2016
  • 13377

Turkiyalik Rotasiz Seyyah nomi bilan tanilgan sayyoh suratchi Mehmet Gench olgan suratlar juda ham hayratlanarli. Biroq uning "You Are So Beautiful" (Sen juda ham go‘zalsan) loyihasi yuzingizda ajib tabassum uyg‘otadi. Gench sayohati chog‘ida uchratgan insonlarga ular naqadar chiroyli ekanliklarini aytib, bunga bo‘lgan munosabatlarini suratga tushirdi. Suratlar esa yoqimli his uyg‘otadi.

Gench suratkashlik bilan shug‘ullanishdan avval Istanbulda Axborot texnologiyasi sohasi bo‘yicha olti yil faoliyat olib boradi.

"Ahmoqona jasoratlar ba'zida hayotdagi eng muhim qarorlarni qabul qilishga yordam berar ekan", - deydi u.

U Turkiyaning Samsum shahrida tug‘ilib, o‘sgan. Shu kunlarda esa u dunyoning barcha burchagida sayohat qilmoqda. Ayni damda u Manaus (Braziliya)da yashaydi. Uning Instagram’dagi sahifasida 91 mingdan ortiq a'zolari mavjud.

Siz ham talaba yigitning odamlarga aytgan yoqimli so‘zi qanday ta'sir qilganini quyidagi beg‘ubor suratlar orqali ko‘rishingiz mumkin.











Teglar