Oddiy narsalardan foydalanishning biz bilmagan sirlari

  • 14:42 / 12.02.2020
  • 1448

Biz uy sirlarini o‘rganishda davom etamiz! Quyidagilar orqali odatiy narsalardan g‘ayrioddiy foydalanish bo‘yicha yangi g‘oyalardan xabardor bo‘ling.

1. Choy paketlari havo spreyi sifatida

Bir nechta ishlatilgan choy paketlarini bankaga soling va sovutgichga qo‘ying – ular yoqimsiz hidlarni o‘ziga tortadi.

2. Gadjetlarni tozalash uchun bolalar salfetkasi

Elektron moslamalarni artish uchun maxsus vositalarni sotib olishdan oldin, bolalar uchun mo‘ljallangan nam salfetkalarni sinab ko‘ring. Ular bu borada yaxshi samara beradi.

3. Vodorod peroksidi dog‘ tozalash vositasi sifatida

Vodorod peroksidi nafaqat tibbiyotda, balki dezinfeksiyalash va dog‘larni ketkazish vositasi sifatida ham xizmat qiladi.

4. Dolchin – chumolilarga qarshi

Qimmatbaho kimyoviy dorilar haqida unuting – agar siz chumolilardan qutulishni istasangiz, hasharotlar uyasiga ozgina dolchin seping.

5. Tish pastasi tozalovchi vosita sifatida

Tish pastasi hammom va oshxonadagi metall yuzalarini mukammal darajada tozalaydi. Shuningdek, qo‘llardagi sarimsoq va piyoz hididan xalos bo‘lishga yordam beradi.

6. Alka-Zeltser baliq uchun yem sifatida

Bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo baliq ovlayotganingizda suvga Alka-Zeltserdan bir nechta tabletkani tashlasangiz, baliq ovingiz baroridan keladi.

7. Choy paketlari so‘gallarga qarshi

Choy barglarida mavjud bo‘lgan tanin kislotasi so‘galdan qutqarishi mumkin. Buning uchun iliq choy paketchasini kuniga uch marta, 15 daqiqa davomida so‘gallarga qo‘llang.

8. Banan po‘stlog‘i kumush idishlarga yorqinlik qo‘shadi

Banan po‘stlog‘ining ichki tomoni bilan pichoq va qoshiqlarni artish orqali ularning yorqinligiga erishish mumkin.

9. Asal mikroblarga qarshi

Asalning ba’zi turlari antibakterial vosita sifatida qo‘llaniladi va jarohatni davolashga yordam beradi.

10. Aspirin – qichishishga qarshi

Bitta aspirin tabletkasini maydalab, ozgina suv qo‘shing va aralashmani chivin chaqqan joyga qo‘llang.

11. Iste’mol sodasi

Iste’mol sodasi nafaqat og‘iz bo‘shlig‘ini tozalaydi, balki tishlarni oqartirishga ham yordam beradi.

12. Qo‘l kremi poyabzallarni yaltiratadi

Qo‘l kremi poyabzallarni yaltiratibgina qolmay, balki ularning terisini yumshoq va elastik qiladi.

13. Ko‘mir – havo tozalash vositasi sifatida

Ko‘mir – havoni toza saqlashga yordam beradi. Uning bir bo‘lagini hech bo‘lmaganda muzlatgich yoki avtomobilga qo‘yib qo‘yish mumkin.

14. Cho‘tkalarni yuvish uchun sirkadan foydalaning

Nopok sintetik cho‘tkalarni 30 daqiqa davomida issiq sirkaga botiring. So‘ngra issiq sovunli suv bilan yuvib tashlasangiz, ular asl holiga qaytadi.

15. Qahva qog‘oz filtrlari oynalarni artishda yordam beradi

Derazalarni artayotganingizda qahva filtrlaridan foydalaning. Ulardan keyin hech qanday chiziqlar qolmaydi.

16. Qaychi o‘tkirlash uchun – alyuminiy folga

Bitta folga varag‘ini bir necha marta qatlang va qaychi bilan kesib oling. Shunda qaychi tig‘lari o‘tkirlashadi.