“Odnoklassniki” profillar statistikasini ochdi  

  • 11:55 / 08.11.2019
  • 28

Endi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari o‘z sahifalari statistikasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun profillar statistikasini ochdi. Endi ular qanday kontent do‘stlarida eng ko‘p qiziqish uyg‘otganini bila oladilar. Bu haqida Terabayt.uz xabar bermoqda.

Statistika foydalanuvchilarning profillarida kuzatib borish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar o‘rtasida  – qamrab olish, ya’ni postni ko‘rgan odamlar soni, do‘stlar geografiyasi, ularning harakatlari  (ko‘rishlar, klasslar, sharhlar, repostlar, sahifaga o‘tishlar) kabilar bor. Statistika ma’lumotlari yordamida, shuningdek, qanday kontent yozuvlar, foto va videolar orasidan eng ko‘p ko‘rishlarni to‘plaganligini ko‘rish mumkin.  

Statistika ma’lumotlari “Sozlash” bo‘limidagi instrument faollashtirilgandan so‘ng to‘plana boshlanadi. Statistikadan do‘stlari 100 kishidan ko‘p bo‘lgan foydalanuvchilar foydalana oladilar.

 Barcha platformalar: OK veb-interfeysi, ijtimoiy tarmoqning mobil versiyasi va iOS va Android uchun ilovalardagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin.

Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, reklama kabinetini ishga tushirdi, u kontent mualliflariga va barcha foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘z auditoriyasini topish imkonini beradi.

Teglar