Ohangaron tumanida hokim almashdi

  • 21:38 / 12.06.2019
  • 185

12 iyun kuni Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. O‘ktam Mingboyevich Tursunov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan.

Abduvohid To‘xtaboyevich Turdiboyev bugundan e'tiboran Ohangaron tumani hokimi lavozimida ish boshlagan.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi sho‘'ba mudiri Abdulla Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov ishtirok etgan.

Ma'lumot uchun, O‘ktam Tursunov 2017 yilning iyulidan buyon Ohangaron tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Abduvohid Turdiboyev 1962 yil 8 noyabrda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1984 yilda Samarqand kooperativ institutini, 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

Faoliyatini Sirdaryo viloyati tumanlararo savdo bazasida hisobchilikdan boshlagan. Mehnat faoliyati davomida tayyorlov-savdo uyushmasi boshqaruvi raisi, Davlat soliq inspeksiyasi (DSI) boshlig‘i o‘rinbosari, Sayxunobod, Chinoz tumanlarida DSI boshlig‘i, Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Sayxunobod tumani hokimi, Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

Bundan avvalroq Quyi Chirchiq tumaniga yangi hokim, yangi prokuror va yangi bosh soliqchi tayinlangani xabar qilingandi.