Oiladagi muhabbatni asrashga yordam beruvchi 5 tavsiya

  • 10:17 / 15.09.2021
  • 237

Haqiqiy muhabbatni uchratish va u bilan oila qurish – aksariyat insonlarning azaliy orzusidir. Biroq, nima uchun bir-biriga koʻngil qoʻyib, oila qurgan odamlarning ayrimlari vaqt oʻtgach ajrashish qaroriga keladilar? Sababi, muhabbat – doimiy mehnatni talab qiladigan tushuncha. Juftliklar oʻz his-tuygʻulari ustida ishlasalargina, muhabbatni abadiy saqlab qolsa boʻladi.

1. Yoringizning erkinligini cheklamang

Ikki inson bir-birini qattiq sevishi mumkin, ammo ularda erkinlik boʻlmas ekan, tuygʻu qanchalik kuchli boʻlmasin, kun kelib soʻnadi. Ushbu qonun er-xotinlar, ota-onalar va farzandlarga nisbatan ham ishlaydi. Ichki erkinlikni his qiling, yoringizga ham erkin boʻlishga imkon bering. Uni doʻstlaridan, sevgan mashgʻulotlaridan, oila aʼzolaridan, hamkasblari va qiziqishlaridan uzoqlashtirishga harakat qilmang.

2. Baxtli boʻlishingizga xalal berayotgan har qanday fikrni ongingizdan chiqarib tashlang

Odamlarni aslida aql emas, ong osti boshqarishi haqida eshitganmisiz? Ong ostini yaxshi fikrlar bilan toʻldiring, qoʻrquvlardan xalos boʻling. Kayfiyatingiz har doim aʼlo darajada boʻlsin, ana shunda juftingiz ham sizni chindan qadrlaydi.

3. Yoringizni tushunish uchun eng avvalo oʻzingizni tushuning.

Munosabatlaringiz har doim yaxshi boʻlishi uchun qalbingiz yaxshilikka ochiq boʻlishi kerak. Shuni unutmangki, yoningizdagi insonni tushunish uchun eng avvalo oʻzingizni tushunishingiz kerak. Juftingizni sevish uchun esa oʻzingizni yaxshi koʻrishingiz va hurmat qilishingiz lozim.

4. Hayotingiz uchun masʼuliyat faqat oʻz boʻyningizda

Munosabatlar odamga alam va azob emas, baxt berishi kerak. Hayotingiz uchun masʼuliyatni juftingizning yelkasiga tashlab qoʻymang. Masʼuliyat hissi faqat oʻz boʻyningizda, juftingizdan koʻp narsa talab qilmang.

5. Hayotingizdagi eng muhim qaror

Baxtli boʻlishga tayyormisiz? Sevimli inson boʻlishga-chi? Quvonch, baxt va hayotdan zavqlanish hissi munosabatlaringizning davomli boʻlishida asos vazifasini oʻtaydi. Agar oʻz juftingizni hali topib ulgurmagan boʻlsangiz, bu haqida haddan tashqari koʻp oʻylamang. Shunchaki hayotni seving, ana shunda muhabbat sizni oʻzi topib keladi.